Yangi tanlov, yangi imkoniyat

O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Ushbu ko‘rik-tanlov uch bosqichda o‘tkazilib, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha ingliz tili o‘qituvchilari orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratishga hamda ular orasidan haqiqiy professionallarni aniqlash va rag‘batlantirishga qaratilgan.

Ko‘rik-tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan ingliz tili o‘qituvchilari joriy yilning 1 may sanasigacha ixtiyoriy ravishda bestteacher@inbox.uz, bestteacher@xtv.uz elektron manzillariga ariza va ingliz tilida belgilangan mavzuda 200 – 250 ta so‘zdan iborat “esse” (essay) jo‘natadi. Ularning ijodiy ishlari o‘rganib chiqiladi hamda 75 foiz va undan yuqori natija ko‘rsatgan talabgorlar ro‘yxati shakllantirilib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va barcha viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga jo‘natiladi.

Respublika bosqichida eng yuqori natija ko‘rsatgan chet tili o‘qituvchilari xorijiy davlatlarda malaka oshirish uchun yo‘llanmaga ega bo‘ladi.

“Yilning eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 16 apreldagi 119-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Yana o‘qing:  Dildorga noma

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: