Yangi kun, yangi umid sadolari

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining konsert zali. Sahnaga chiqishga hozirlanayotgan bir guruh jajji o‘g‘il-qizlarni ko‘rib, diling yayraydi. Ular hozir sahnaga chiqib musiqa festivaliga kelgan mehmonlarga o‘zining iqtidorini namoyon etmoqchi. Ularni lol qoldirib, salohiyatini hammaga ko‘rsatmoqchi. Bu istak, bu tuyg‘u festivalning kattayu kichik barcha ishtirokchilarining ko‘nglidan o‘tayotgan bo‘lsa, ne ajab.

Bu kabi musiqa festivallari bolajonlarning iste’dodni yuzaga chiqishida zamin hozirlayotir. Ular milliy musiqiy merosimiz bilan birga, jahon mumtoz kompozitorlari ijodini ham o‘rganib, mohir san’atkor bo‘lib yetishmoqda. Bu jihatlar “Navro‘z sadolari” festivalida ham yaqqol namoyon bo‘layotir.

Mazkur musiqa festivalida asl sharqona milliy qo‘shiqlar hamda turli xalqlarning go‘zal va betakror kuy-qo‘shiqlari yangraydi. Festivalda katta orkestr jamoalari bilan bir qatorda, kichik ansambl guruhlarining ishtirok etishi, respublikamizning chekka hududlarida ham musiqa olamida ijod qilib kelayotgan turli yoshdagi ijodkorlarni kengroq qamrab olishni ta’minlamoqda. Tan olish kerakki, bu nufuzli festival dunyo xalqlarining milliy musiqa san’ati va qo‘shiqchilik an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, tili, madaniyati, urf-odatlari turlicha bo‘lgan millat va elatlarni o‘zaro birlashtirib, go‘zallik, nafosat va ezgulikka oshno etishga xizmat qilmoqda. Shu bois ham festivalga qiziqish yil sayin ortib, bu yil ushbu festivalga xalqaro maqomi berilishi fikrimizning tasdig‘idir.

Davlatimiz rahbarining 2008 yil 8 iyuldagi qaroriga muvofiq qabul qilingan Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi doirasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 278 ta bolalar musiqa va san’at maktabi foydalanishga topshirildi. Ular 30 mingdan ortiq yangi musiqa asbobi, 61 ming nusxa o‘quv qo‘llanmasi, milliy va jahon musiqasi notalari bilan ta’minlandi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan ko‘p ovozli xalq cholg‘ulari ansambli va orkestrlarining “Navro‘z sadolari” xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Bastakorlar va “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmalari, Toshkent shahar hokimligi, “So‘g‘diyona” xalq cholg‘ulari kamer orkestri hamda Shveysariyaning hamkorlik byurosi hamkorligida tashkil etildi. Unda maktabgacha ta’lim muassasalari, musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashgan litsey va kollejlardagi orkestr hamda ansambllar, professional jamoalar ishtirok etdi.

Yana o‘qing:  Mehribon onaning qadrdon bolalari

– Jamoamiz ushbu festivalda ilk bor ishtirok etmoqda, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi 18-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Abdulla Gulimov. – Festivalga “Sabo”, “Ashula va raqs” va “Rondo” nomli milliy va jahon kuylarini tayyorlab keldik. Bu yerda iste’dodli, mahoratli bolalar judayam ko‘p ekan. Lekin biz ham bo‘sh kelmaymiz. G‘olib bo‘lishga harakat qilamiz.

Sakkiz yildan buyon an’anaga aylangan mazkur festival – bolalar va yoshlarning musiqiy tarbiyasiga bag‘ishlangan Davlat dasturini bajarish, shuningdek xalqimiz madaniyatining rivoji uchun milliy cholg‘u ijrochiligi sohasida yetuk kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgandir. Festival ishtirokchilarini maktabgacha ta’lim muassasalari, musiqa va san’at maktablari, san’at litsey va kollejlari orkestr hamda ansambllar bilan birgalikda, professional jamoalar tashkil etadi.

Mazkur festivalda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan musiqa va san’at maktablari jamoalari hamda qo‘shni Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalaridan saralangan 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan ming nafardan ziyod ishtirokchilar qamrab olindi.

Tanlov uchun ajratilgan kompozitorlar ijodidan har bir yo‘nalish uchun yangi shartli asarlar tavsiya etilgan. O‘tgan yili o‘tkazilgan festival tanlov natijalari yosh ijrochilar mahoratining o‘sishiga ancha yordam berdi.

– O‘zbekistonga kelganimizdan, “Navro‘z sadolari” xalqaro ko‘rik-festivalida ishtirok etayotganimizdan juda xursandmiz, – deydi Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyatidagi 2-musiqa maktabi o‘quvchisi Nilufar Ergasheva. – Jamoamiz bilan xalq cholg‘ulari asosida kuylanadigan ko‘plab kompozitsiyalarni ijro etishni rejalashtirganmiz. O‘zbekistonlik tengdoshlarimiz ijrosidagi kuy-qo‘shiqlarni tinglab maroq olyapmiz.

Festival doirasida musiqiy cholg‘ular ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. Bolalar folklori, raqs san’ati, bolalar va o‘smirlar xor jamoalarining ijrochilik mahorati, cholg‘u sozlar ansambllarining chiqishlari tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

– Ushbu tanlovda birinchi marotaba ishtirok etishimizga qaramasdan ikkinchi o‘ringa munosib deb topildik. O‘quvchilarim bundan nihoyatda xursand, – deydi Andijon viloyatidagi 7-sonli maxsus musiqa va san’at maktab-internati “Shodlik” musiqa ansambli rahbari Dilnoza To‘xtasinova. – Kelgusida xalqaro musiqa festivallarida ishtirok etib yurtimiz san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shishga harakat qilamiz.

Tadbir doirasida milliy cholg‘ular ijrochiligi va dirijyorlik ishiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya, mahorat darslari va jamoalar ishtirokida gala-konsert bo‘lib o‘tdi.

Yana o‘qing:  EKOLOGIK NOUTBUK

G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Navro‘z NORBOBOYEV,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: