ULUG‘ MAQSAD YO’LIDA


Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.

Maktab ishlari davlat nazoratidadir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,

41-modda


Yurtboshimiz Mustaqil O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘z taraqqiyot yo‘lini, eng avvalo, aholi hayotining milliy, tarixiy xususiyati, tafakkur va turmush tarzi, xalq an’analari va urf-odatlari, ko‘p millatli respublikamizning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda o‘zining “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida bayon qilib bergan. “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat”, “Yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang”, “Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik” singari kitoblarida o‘sha fikrlar rivojlantirilgan. Biz yoshlar ana shu g‘oyalar asosida bilim olish, kelajakka intilish, orzularimizga erishish yo‘lidan bormoqdamiz.

Maktabni tamomlagach, o‘zimiz tanlagan kasb bo‘yicha ta’lim olmoqdamiz. Vatanimiz sarhadlarini himoya qilish bizning yigitlik burchimiz. Men shu sababli harbiy sohani tanladim. Bugungi kunda harbiy-yuridik yo‘nalishdagi Urganch akademik litseyining 1-bosqich o‘quvchisiman. Biz yoshlar ustozlarimizdan ingliz tili, tarix, chaqiruvga qadar harbiy ta’lim kabi fanlarni chuqur o‘rganmoqdamiz. Men salomatligimni mustahkamlash maqsadida sportning boks hamda erkin kurash turi bilan shug‘ullanganim bois o‘qishga kirish jarayonida bu menga juda qo‘l keldi. Endilikda qo‘l jangi to‘garagiga qatnashayapman. “Alpomish” dostonini o‘qib chiqar ekanman, jang san’ati sirlarini o‘rganishga qiziqishim ortdi. Asosiysi mustaqil fikrlashga o‘rgandim.

Men shu el farzandi bo‘lganimdan baxtiyorman. Mustaqil Vatanimizning sarhadlarini himoya qilishda o‘z bilim va imkoniyatlarimni ayamayman.

Bekzod JALOLOV

Yana o‘qing:  BU YURTDA INSON QADRI – AZIZ

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: