Sog‘lom o‘sgin, bolajon

“Bolali uy bozor”, deydi dono xalqimiz. Dunyoda eng ulug‘ ne’mat farzanddir. Inson mustaqil hayotga qadam qo‘yar ekan, farzand ko‘rish, ularning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish orzusida yashaydi. Hayotning asl ma’nosi ham shunda. Bolalar ertangi kunimizning davomchilari, kelajak egalaridir.

Biroq, ba’zan taqdirning kutilmagan tashvishlari odamni sarosimaga solib qo‘yadi. Ayniqsa, ro‘y berayotgan ko‘ngilsizlik bolangiz bilan sodir bo‘lsa ikki karra azoblanarkansiz. Qizim Shodiya Jumamurotova sog‘lom dunyoga keldi. Ammo kutilmaganda uning ahvoli og‘irlashdi, yurolmay qoldi. Sekin-asta bu asab tizimiga ta’sir qilib, u tildan ham qoldi. Uning sog‘ligini tiklash, tengqurlari qatorida ko‘rish niyatida davo istab murojaat qilmagan joyim qolmadi.

Xorazm viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi asab kasalliklari shifokori Oyto‘ti Ro‘zmetova qizimni Toshkent shahridagi “Respublika bolalar moslashuv markazi” nodavlat notijorat tashkilotiga olib borishimni tavsiya etdi. Shifokorning maslahati bilan 2014 yilda Toshkentga, markazga yo‘l oldim.

Mazkur dargohga qadam qo‘yar ekansiz, u yerdagi shart-sharoit va antiqa holatdan hayron qolasiz. Ko‘pchilik bolalar oq xalat kiygan kishini shifokor deya qo‘rqadi. Bu yerda esa bemorlarni multfilm qahramonlari aksi tushirilgan kiyimlarda kutib olisharkan. Hatto, yo‘laklarda, devorlarda ham rangorang tasvirlar, rasmlarni ko‘rib bolajonlarning kayfiyati chog‘ bo‘lib, sakrab-sakrab o‘yinga oshiqadilar. Malakali shifokor-mutaxassislar qizimni ko‘rikdan o‘tkazib, davolash ishlarini boshlab yubordi.

Ushbu markazda Hilola Xoliqova, Saodat Hoshimova, Nazokat Otajonova, Leontiy Skribchik singari oliy toifali shifokorlar qisqa vaqt ichida qizimning xastaligiga malham topdi. Qizim gapira boshladi.

Oktyabr oyida ikkinchi davolash kursini davom ettirdik. Hozir qizalog‘im ravon gapirish bilan birga yurishni ham mashq qilyapti…

Shu fursatdan foydalanib men poytaxtimizdagi “Respublika bolalar moslashuv markazi” nodavlat notijorat tashkiloti mutaxassislariga va mazkur markazni tashkil qilgan mutasaddi tashkilotlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

O‘g‘iljon RAHIMOVA,

Xorazm viloyati

Yana o‘qing:  SIFATLI OZIQ-OVQAT – SALOMATLIK KAFOLATI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: