MTMda SUMALAK SAYLI
Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 423-maktabgacha ta’lim muassasasida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Keksalarni e’zozlash yili munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur shodiyonada 9-,10-,11-guruh bolajonlari “Sumalak sayli”, “Qushlar bizning do‘stimiz” kabi qiziqarli sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi .
– Muassasamizda tarbiyalanuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shu bois tuman hamda shahar miqyosida o‘tkaziladigan sport musobaqalari va rasmlar tanlovida bolajonlarimiz faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda, – deydi maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Sanobar Umbetaliyeva.
Darhaqiqat, mazkur maskanda tarbiyalanayotgan kichkintoylar turli musobaqalarda o‘z faolliklarini namoyon etib, iqtidor va intilishlari bilan yuqori o‘rinlarni egallab kelishmoqda.
Muassasada faoliyat yuritayotgan Lobar Ahmedova, Barno Achilova, Nargiza G‘aniyeva, Vasila Qudratova, Sayyora Bahromova kabi tarbiyachilar bolalarga qo‘shiq, she’r hamda raqs sirlarini o‘rgatmoqda. Bugungi tadbirda ham bolajonlar muassasaga tashrif buyurgan keksa onaxonlar, ota-onalar, “Navbahor” mahallasi faollarini o‘z bayramona chiqishlari bilan xushnud etishdi.
Jamila HAYDAROVA