XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2012-49)

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 5 dekabr kuni Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
  • Kecha Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisi ochildi.
  • Belgiyaning Kortreyk shahri madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 20 yilligiga bag‘ishlangan taqdimot marosimi hamda uning doirasida “Mustahkam oila yili” mavzuidagi suratlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
  • Poytaxtimizda O‘zbekiston Ekologik harakati tashabbusi bilan Konstitutsiyamiz qabul qilinganining yigirma yilligiga bag‘ishlab “Atrof-muhitni muhofaza qilishning konstitutsiyaviy asoslari” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
  • Jizzaxda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlab “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazildi.
  • Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash fondi va “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan ijtimoiy vazifalarni hal etishda jamiyat, davlat va biznes hamkorligi masalalariga bag‘ishlangan forum o‘tkazildi.
  • Namanganda Yong‘in xavfsizligi xizmatining jangovar tayyorgarligini kuchaytirish maqsadida o‘tkazilayotgan “A’lochi xodim” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida “Innovatsion loyihalar, ixtirolar va yangi g‘oyalar ustida ish olib borayotgan talabalarning ishlarini OAV hamda internet nashrlarida muntazam yoritib borish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Yana o‘qing:  BAXTIYOR AVLODMIZ

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: