Bexatar onalik saodati
– Mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib, bu borada samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Tibbiyot sohasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2014-2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi davlat dasturi to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq muassasamizda xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tug‘ruq jarayonida bexatar onalik tamoyillariga amal qilgan holda to‘g‘ri tashxis qo‘yish birinchi galdagi vazifamizdir. Bu borada tumandagi oilaviy poliklinikalar bilan hamkorlikda ish olib borayapmiz. Shuningdek,Toshkent Vrachlar malakasini oshirish institutining”Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi shifokor-mutaxassislari ish jarayonida ham nazariy ham amaliy jihatdan ko‘malashmoqda, – deydi Olmazor tumanidagi 2-tug‘ruq majmuasi bosh shifokori Zuhra Najimova.