Uch beshikda – uch quvonch

Bahor o‘zining bor tarovatini ko‘z-ko‘z etib yurtimizga tashrif buyurishi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi “Qizilqum” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi Shomurod Xadjiyev oilasida quvonchli voqea yuz berdi. U uch egizakning otasiga aylandi. Bolalarning onasi Rita Serjanboyeva bunday baxtdan xursand.

– Bitta qiz nabiramdan so‘ng o‘g‘il nabirali bo‘lishni juda xohlagan edim, – deydi egizaklarning buvisi Malika Yuldasheva. – Endi esa uch beshikni uch o‘g‘il to‘ldirib turibdi. Bu kamdan-kam kuzatiladigan hodisa. Qolaversa, nabiralarimning eson-omon yorug‘ dunyoni ko‘rishida hukumatimiz tomonidan ona va bola salomatligiga qaratilayotgan e’tiborning ham samarasidir.

Darhaqiqat, tug‘ilajak chaqaloqlar egizaklar ekanligi ma’lum bo‘lganidan buyon yosh ona doimiy ravishda shifokorlar nazoratida bo‘ldi. Hozirda ham bolalar shifokorlar nazoratida. Ularning hech birida kasallik belgilari kuzatilgani yo‘q.

Yaxshi niyatli ota-ona ularga Islombek, Karim va Abdug‘ani deb ism qo‘ydi.

O‘z navbatida Ellikqal’a tuman hokimiyati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi va qator homiylar tomonidan yosh oila holidan xabar olinib, bitta sog‘in sigir, bolalar aravachalari va boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Azamat Pirniyazov,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Yana o‘qing:  Sportchi otaning chempion o‘g‘li

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: