OAV BILAN O‘ZARO SAMARALI HAMKORLIK
O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan “Jamoatchilikni xabardor qilishda zamonaviy axborot xizmatlariga qo‘yiladigan talablar va ularning OAV bilan o‘zaro samarali hamkorligi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining axborot xizmatlari rahbarlari, oliy o‘quv yurtlarining jurnalistika fakultetlari professor-o‘qituvchilari, markaziy va hududiy ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori A.Abdullayev va boshqalar fuqarolarning axborot olishga doir huquq va manfaatlarini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish masalasiga doimiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Seminarda axborot xizmatlarining texnik imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, ularda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning kasb mahoratini doimiy oshirib borish, axborot xizmatlari bilan ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga oid masalalar atroflicha muhokama etildi.
N.NORBOBOYEV