MTMda shodiyona

Kitob tuman 11-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 8-mart – Xalqaro xotin– qizlar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim-tarbiya ishlari rus va o‘zbek tillarida olib boriladigan ushbu muassasada o‘tgan qizg‘in tadbirda 2-sonli umumta’lim maktabi va Xiromiy nomidagi mahalla vakillari hamda ota-onalar ishtirok etdi.

Guruhlarning alohida holda tayyorlagan sahna ko‘rinishlari, chaqqonlik, zukkolik, topqirlik ruhida o‘tgan bahoriy va badiiy gimnastika chiqishlari, bolajonlarning sho‘x qo‘shiq va raqslari barchani lol qoldirdi. Kichkintoylarning har bir chiqishlarga mos, milliy tarzda kiyinishlari esa tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.

– Ushbu muassasaning barcha tadbirlarida muntazam ishtirok etib kelaman. Qisqa vaqt ichida nabiralarim Muhammadali hamda Sardor o‘qish va yozishni, rasm chizishni, rus hamda ingliz tillarida so‘zlashni, sanashni o‘rgandi, – deydi Mukarram aya Hakimaliyeva.

Maryam AHMEDOVA,

Qashqadaryo viloyati

Yana o‘qing:  Loyiha yakunlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: