Ezgulikdan bahramand nuroniylar

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi “Ariran” qariyalar uyida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda nuroniylar, san’atkorlar, Janubiy Koreyaning “Kofih” xalqaro xayriya fondi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda aholini kuchli ijtimoiy muhofaza qilish, yoshi ulug‘ insonlarni e’zozlash, salomatligini asrash, turmush sharoitini yanada yaxshilash yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘z samarasini berayotgani ta’kidlandi.

– O‘zbekistonning kuch-qudrati va iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirishda millatlar va turli diniy konfessiyalararo ahillik, tinchlik va totuvlik, jamiyatda ustuvor bo‘lgan mehr-oqibat, bag‘rikenglik muhiti muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi Janubiy Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasining O‘zbekistondagi filiali direktori Song Yong Gin. – Shu bois “Ariran”da keksalar o‘zlarini o‘z uyidagidek his qiladi. Buning uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan.

Tadbirda “O‘zbegim yoshlari” ansambli tomonidan taqdim etilgan madaniy dastur barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

N.NORBOBOYEV,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  REGBICHILARIMIZ G‘ALABASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: