“NUDLI” TAOMI
Kerakli mahsulotlar: 500 gramm go‘sht, 1 kg kartoshka, 3 bosh piyoz, 3 dona sabzi, o‘simlik yog‘i, 3 bo‘lak sarimsoqpiyoz, ta’bga ko‘ra iste’mol sodasi, shivit, un, tuz kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: Avvalo piyozni xalqa qilib, sabzini esa somoncha shaklida to‘g‘raymiz. So‘ng ularni o‘simlik yog‘ida qovurib, unga go‘sht bo‘laklarini qo‘shamiz. keyin tuz, murch sepib dimlaymiz.
Qatiq, iste’mol sodasi, tuz, un qo‘shib xamir qoriladi. Kartoshka to‘rt bo‘lakka bo‘linib, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida chala qovuriladi. So‘ngra tayyor bo‘lgan mahsulotni go‘shtli qaylaga solamiz. Tindirilgan xamirni yupqa qilib yoyib, kartoshka qovurilgan yog‘dan surtamiz. Bu taomning yanada mazaliroq bo‘lishiga yordam beradi. Yog‘ surtilgan xamirga maydalangan sarimsoqpiyoz va shivitni sepib, rulet shaklida o‘raymiz. Eniga 1,5 sm. kattalikdagi bo‘laklarga bo‘lamiz. So‘ngra qaylali qozonga xamir bo‘laklarini terib taom yuzasini qoplagunga qadar suv solish lozim. Suv ustidan ozgina tuz sepib 15 daqiqaga dimlab qo‘yamiz.
Yoqimli ishtaha!
Guli NOZ