O‘zbek xalq maqollaridan (2015/10)

Aql ko‘pga yetkazar,

Hunar – ko‘kka.

Baxt belgisi – bilim.

Bilgan bilganin ishlar,

Bilmagan barmog‘in tishlar.

Bilgan o‘qir,

Bilmagan to‘qir.

Bilim – aql chirog‘i.

Bilishim,

Bilishimga tushar bir ishim.

Bilmagan ayb emas,

Bilishga tirishmagan ayb.

Bilmagandan bilgan yaxshi,

To‘g‘ri ishni qilgan yaxshi.

Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim,

Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.

Go‘zallik – ilm-u ma’rifatda.

Ilm olishning erta-kechi yo‘q.

Yana o‘qing:  SPORTCHI AYOLLAR BELLASHUVI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: