SPORTCHI AYOLLAR BELLASHUVI

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi hamkorligida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” shiori asosida vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sport festivali o‘tkazildi.

Ushbu sport festivalida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Adliya, Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Moliya, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari, Davlat statistika qo‘mitasi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi jamoalari sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka, gimnastrada turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

– Sport jismoniy salomatligimizni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi. Shaxmat esa aqlni charxlaydi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan har yili o‘tkaziladigan mazkur sport festivalida to‘rtinchi marta ishtirok etyapman. Ikki marta birinchi va bir marta ikkinchi o‘rin sohibasi bo‘lganman, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoasi a’zosi Zileyxan Ahmedova.

Mazkur musobaqalarda o‘tgan yili yettita vazirlik jamoalari qatnashgan bo‘lsa, bu yil 12 ta vazirlik, idora va tashkilotlardan jami 168 nafar ishtirokchilar qatnashdi. Festival so‘ngida ularning barchasiga nominatsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining diplomi hamda hamkor tashkilotlarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova ishtirok etdi.

M.XO‘JAMURODOVA

Yana o‘qing:  Birinchi mart

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: