KO‘ZLAR YUMUQ HOLATDA XOTIRA YAXShIROQ ISHLAYDI
Buyuk Britaniyaning Surrey universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida, biror voqeaning guvohi bo‘lgan insonlar ko‘zlari yumuq holda ko‘proq tafsilotlarni eslay olishlari aniqlandi.
178 nafar ko‘ngillilar ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tadqiqot davomida qatnashchilarga ma’lum voqea aks ettirilgan video lavha ko‘rsatilgan. So‘ngra ko‘z ochiq va ko‘z yumuq holatda nimalarni eslay olishlarini sinab ko‘rishgan.
O‘tkazilgan so‘rovnoma natijasida, inson ko‘zi yumuq holatda ko‘proq voqealarni eslay olishi ma’lum bo‘lgan.