PARALIMPIYACHILARIMIZ BIRINCHI

Vengriyada paralimpiyachilar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogida O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi to‘rtta oltin, bitta kumush va ikkita bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Mazkur nufuzli turnirda dunyoning 32 mamlakatidan kelgan 205 nafar sportchi o‘zaro kuch sinashdi. Hamyurtlarimizdan Sherzod Namozov, Nurbek Berdiyorov, Shirin Sharipov va Tursunposhsha Nurmetova o‘z vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Feruz Saidov vazni 73 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Gulruh Rahimova hamda Hayitxon Alimova bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan paralimpiyachilarimiz 2016 yilda bo‘ladigan XV Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi navbatdagi reyting ochkolariga ham ega bo‘ldi.

Yana o‘qing:  Kitob o‘qiyotgan bola quyoshdan quvvat olayotgan niholdir

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: