OQ ATIRGUL G‘UNCHALARI
Oh bunchalar go‘zal ekan,
Lab ochibdi nechalari.
Sanog‘iga yetolmadim,
Oq atirgul g‘unchalari.
Bog‘da to‘p-to‘p ochilibdi,
Nim tabassum yuzlarida,
Bog‘bon bergan mehrin ko‘ring,
Oq atirgul – qizlarida.
Munisxon ABDUJALILOVA,
“Nafis g‘unchalar”to‘garagi a’zosi