TUSH
Bo‘ldi qiziq hangoma,
Uxlabman yozib noma.
Gullar chalib kuyini,
Binafshaning to‘yini,
Boshlabdilar bir pasda,
Quyosh berib guldasta,
Hamma tabriklar emish,
Menga ham berib yumush,
Yuvibman idish-tovoq,
Uymasdan sira qovoq.
Orasta qiz bo‘libman,
Go‘yo oyday to‘libman.
Uyg‘onsam tushim ekan,
Yumushni qilibman kam.
Birdan xulosa qildim,
Orastalikni bildim.
Endi uxlab qolmayman,
G‘ayrat qilib tolmayman.
Feruza NAIMOVA,
1-Toshkent Pedagogika kolleji 311-guruh o‘quvchisi