NURONIYLAR MAMNUN

Kattaga hurmat, kichikka izzat o‘zbek xalqiga xos odatdir. Joriy yilning Keksalarni e’zozlash yili deb e’lon qilinishi ham asr davomida shakllangan an’anamizga bo‘lgan hurmatning namunasidir.

Jizzax viloyat markaziy klinik shifoxonasida ham yoshi ulug‘ davolanuvchilar alohida e’tiborga olingan. Jumladan, keksa bemorlar palatasi tashkil qilinib, davolanuvchilar shifokorlarning muntazam nazoratidadir.

– Shifoxonaga kelgan kunimoq keksa bemorlarga mo‘ljallangan palataga joylashtirishdi, – deydi urologiya bo‘limida davolanayotgan samarqandlik 90 yoshli bemor To‘ra bobo Ergashev. – Bu yerda biz nuroniylar uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Shifokorlar xizmati ham kishini mamnun etadi. Ayniqsa, bo‘lim boshlig‘i G‘aybulla Ubaydullayevning o‘zi har kuni kelib, ahvolimdan xabar olib turibdi. Qirq yillik tajribaga ega bu oliy toifali shifokor boshchiligidagi jamoaning shirin so‘zlari-yu, bevosita davo choralari sog‘ligimni tiklamoqda.

Yana o‘qing:  Matbuot – davr ko‘zgusi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: