YANA BIR E‘TIROF

Qadimdan ulug‘lanib, xushovoz baxshilar tomonidan kuylanib kelingan xalq dostonlarida Vatan ishqi, ona tuproq e`zozi, el shijoati, mardlik, sof sevgi, vafo-sadoqat tuyg‘ulari madh etilgan. Shu bois ham ular tildan-tilga ko‘chib asrlar osha yangrab kelmoqda. “Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish”, “Hasanxon” kabi bir qator dostonlar ana shular sirasiga kiradi.

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Osiyo “Dostonchilik san`ati” Qo‘mitasi tomonidan Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida bo‘lib o‘tgan ertak, afsona va eposlar senariylarining xalqaro tanlovi g‘oliblari “Alpomish” kinosenariysi mualliflariga gran-pri sovrinini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Xalq dostonchilik ijodidagi asrlar osha bizgacha yetib kelgan asl nusxadagi san‘at asarlarini saqlash va zamonaviy ko‘rinishda talqin qilib kelgusi nasllarga yetkazishni maqsad qilgan ushbu xalqaro ko‘rik-tanlovda hamyurtlarimiz Mastura va Jasur Isxoqovlar gran-pri sohibi bo‘lishdi. Tadbirda ishtirok etgan Koreya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi janob Cho De Van xalqaro tanlov g‘oliblari Mastura Isxoqova hamda Jasur Isxoqovlarni qizg‘in qutlab gran-pri mukofotini topshirdi. “Alpomish” kinosenariysining bunday yuksak mukofotga sazovor bo‘lishi boy madaniy merosimizni xalqaro miqyosda yana bir bor tan olinishidir. Eng muhimi Osiyo Qo‘mitasi a`zolari yurtimiznning Buxoro, Xiva va Samarqand kabi qadimiy shaharlarini xalq dostonchilik ijod mahsuli bo‘lmish afsona, ertak va xalq eposlari yaxshi saqlangan va dunyoga tarqatilgan markazi deya e‘tirof etishdi.

Jasur Isxoqovning yana bir “Shahzoda Sherzod sarguzashtlari” deb nomlangan kinosenariysi Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi mamlakatlari madaniyat vazirliklarining “Eng yaxshi kinosenariy” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi. Sovrinni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri Tursunali Qo‘ziyev topshirdi. Sa`nat, madaniyat, teatr va kino namoyondalari hamda OAV xodimlari ishtirok etgan tadbir so‘nggida “Alpomish” spektaklidan sahna ko‘rinishi va folklor qo‘shiqlar dasturlari taqdim etildi.

Iroda USMONOVA

Яна ўқинг:  Китобхонлик: ҳарбийлар ўзаро фикр алмашишди

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: