TEJAMKORLIKDA HIKMAT KO‘P

Elektr energiyasini tejash deganda, faqat yonib turgan keraksiz chiroqni o‘chirish deb tushunmang. Ba’zilarning bu tushuncha bilan tanish emasligi ularning elektr energiyasidan keragidan ko‘p foydalanishga olib keladi.

Elektr energiyasidan to‘g‘ri foydalanishda yoritilish darajalari haqida bilib olsak, foydadan holi emas. Masalan, qora buyumlarni qora iplar bilan to‘rlashda 20 sm masofaga o‘rnatilgan yuz vattli lampa bilan yoritilishi zarur. Chizmalar bilan mashg‘ul vaqtda vatman qog‘ozi varag‘i 150 vattli lampa bilan 80-100 sm masofadan yoritilishi lozim. Yoki elektr choynakda 1 litr suvni qaynatish uchun shuncha suvni chovgumda elektr plitasida qaynatganda sarflanadigan elektrdan 2 marta kam energiya ketadi.

Bularni bilish elektr energiyasidan oqilona foydalanishda yaxshi asqotadi. Unutmangki, turmushda tejalgan bir kvt/soat elektr energiyasi 5 kg o‘simlik moyi, 14 kg un va 30 kg non mahsulotlarini ishlab chiqarishga yetarli bo‘ladi.

Demak, elektr energiyasini imkon boricha tejash lozim. Chunki, tabiiy-iqtisodiy resurslar kabi elekr energiyasi ham tuganmas ne’mat emas. Energiya ishlab chiqarish xarajatlari uning sarfiga qarab qimmatga tushadi va unga to‘lanadigan narx ham tabiiy ravishda oshib boraveradi.

Shonosir AHMEDOV,

“O‘zdavenergonazorat”inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘limi inspektori

Yana o‘qing:  MUVAFFAQIYATLI TAYYORGARLIK

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: