AYOL – MUQADDAS

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1999 yil 25 noyabr “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi xalqaro kurash kuni” deb e`lon qilingan edi. 10 dekabr kuni esa “Xalqaro inson huquqlari kuni” nishonlanadi. Barcha insonlar “yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega” ekanligiga alohida urg‘u beriladi.

O‘zbekistonda 2011 yildan boshlab ayollar haq-huquqlarini himoya qilish mavzusidagi o‘tkazilayotgan tadbirlar bu gal Nodavlat-notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi, “Ayollar kengashi” RJB, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi, BMT Taraqqiyot dasturi, BMT Axborot markazi va Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etildi.

Jamoatchilik ishtirokidagi tadbirlar noyabr oyining oxiridan boshlab 16 kun davom etadi. Toshkent shahrida boshlangan ushbu aksiya turli interfaol estafetalar, musiqiy dasturlar, ayollar huquqlariga bag‘ishlangan tanlovlardan iborat bo‘ldi. Shundan so‘ng, xayrli kampaniya O‘zbekistonning barcha viloyatlarida davom etadi.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Kulgu – shifo (2012/48)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: