KO‘RGAZMADA: NAVOIY VA BOBUR

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi memorial bog‘-muzeyida buyuk mutafakkir bobokalonlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludiga bag‘ishlab “Nafis chizgilar” deb nomlangan ko‘rgazma tashkil etildi.

Navoiyning serqirra ijodi adabiyot, tilshunoslik, o‘lkashunoslik, musiqashunoslik, shaharsozlik, me’morchilik, hattotlik kabi ilm-fan va san’atning ko‘pgina yo‘nalishlarini qamrab olgani, insoniyatni komillik, el-yurt farovonligi yo‘lida fidoyilikka undashi bilan g‘oyat qadrlidir. Boburning dilbar g‘azallari muhabbat, sadoqat, insoniylik kabi mavzularni qamrab olgani bilan adabiyot muxlislari mehrini qozongan. Har ikkala mutafakkir faoliyatida ilmu ma’rifat, ijod ahliga, kasb-hunar sohiblariga ehtirom ko‘rsatish, homiylik qilish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasida buyuk bobokalonlarimiz siymolari, ularning asarlari qahramonlari, tabarruk ona diyorimiz aks ettirilgan yetmishdan ortiq badiiy asar, kitobot, hattotlik, miniatyura, naqqoshlik san’ati namunalari namoyish etilmoqda.

V.PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Diplomi imtihonsiz nostrifikatsiya bo‘ladigan xorijiy oliygohlar ro‘yxati tasdiqlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: