29 MART – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI KUNI

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillari Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun zarur hujjatlarni taqdim qildi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari – s’yezd yoki qurultoyi tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasida 872 saylov uchastkasi tuzilib, saylovchilarning ovoz berishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Saylov komissiyasi joylashgan bino foyesida tashkil etilgan ko‘rgazmali vositalar orqali ovoz beruvchilar saylovga doir huquqiy asoslar, tartib-qoidalar, saylov komissiyasi faoliyatiga oid tegishli ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi mumkin.

Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” yoshlar multimedia telekompleksida jurnalistlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunchilik mohiyati va saylov kampaniyasini yoritish uslublariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningda ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish, o‘tkazish hamda mazkur jarayonni yoritishning huquqiy asoslari va prinsiplari to‘g‘risida zarur axborotga ega bo‘ldi.

Yana o‘qing:  USTOZ – HAYOTIMIZ ChAROG‘BONI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: