2015 YILDAN KUTAMIZ
Joriy yilda sport ixlosmandlarining zerikib qolishiga asos yo‘q. Chunki, kirib kelgan yilimiz sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Yana bir jihatni alohida aytib o‘tish zarur, olimpiada va futbol mundial singari katta forumlar asosan toq emas, balki juft yillarda o‘tkaziladi. Shunday bo‘lsada, ushbu yildagi jahon va qit’a miqyosida o‘tkaziladigan ko‘plab turnirlar muxlislarga hayajonli daqiqalarni hadya etishi tayin.
Marhamat qilib, ushbu yilda kutilayotgan sport anjumanlari bilan tanishing:
- Futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan Osiyo – 2015 musobaqasi.
- Katta tennis bo‘yicha Avstraliya ochiq chempionati. “Australia Open” Melburn shahrida bo‘lib o‘tadi.
- Futbol bo‘yicha yoshlar terma jamoalari o‘rtasida jahon chempionati.
- Figurali uchish bo‘yicha jahon chempionati. Shanxay – 2015.
- Yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati. Pekin – 2015.
- Ilk bora o‘tkazilyotgan Yevropa o‘yinlari musobaqasi. Baku – 2015.
- Yozgi Universiada – Koreyada, qishgisi esa Ispaniyada bo‘lib o‘tadi.
T.ORTIQOVA tayyorladi