G‘OLIBLAR ANIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko‘rik-tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni yil sayin ko‘payib bormoqda. Bugungi kunda ular 10 million 200 ming kishidan oshdi. Davlatimiz rahbarining 2012 yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori internetdan foydalanish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va barcha viloyat xalq ta’limi boshqarmalari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha mas’ul vakillari, tanlovda qatnashgan maktab rahbarlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda homiy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Mazkur ko‘rik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2014 yilning 20 aprelidan 20 mayiga qadar tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinib, talabnomalar xt.uzedu.uz tizimida autentifikatsiyadan o‘tish orqali qabul qilindi. Ko‘rik-tanlov uchta nominatsiya bo‘yicha tashkil etilgan edi.

“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt – 2014” ko‘rik-tanloviga qatnashish uchun jami 1155 ta talabnoma (“Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti” nominatsiyasiga 809 ta, “Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti” nominatsiyasiga 274 ta va “Eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti” nominatsiyasiga 72 ta) kelib tushdi. Ta’kidlash joiz, ushbu tanlovda ishtirok etish uchun topshirilgan arizalar soni o‘tgan yilgiga qaraganda 3 barobar ortgan va veb-saytlarga joylashtirilgan ma’lumotlar soni hamda sifati salmoqli darajada oshgan.

Veb-saytlar dizayni, mazmun boyligi va dolzarbligi, pedagogik ahamiyati, interfaolligi va qayta aloqa, bajarilishining sifati kabi mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholandi. Ko‘rik-tanlov Nizomiga binoan asosiy hakamlar hay’ati veb-saytlarni o‘rganib chiqdi hamda quyidagicha o‘rinlar taqsimladi:

“Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti” nominatsiya bo‘yicha birinchi o‘ringa Navoiy viloyati Navoiy shahar 11-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Jizzax viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tassarrufidagi “Umid” ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari munosib deb topildi.

“Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti” nominatsiya bo‘yicha Surxondaryo viloyati Termiz tumani 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Azamat Xodjakov, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 8-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Gulshoda Abdullayeva hamda Jizzax viloyati Jizzax shahar 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Uyg‘un Rahimov g‘olib deb topildi.

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2015-4)

“Eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti” nominatsiyasi bo‘yicha Buxoro shahar 10-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchisi Adizbek Ergashev, Termiz shahar 1-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchisi Shohruxbek Boborahimov hamda Farg‘ona viloyati Toshloq tumani 35-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchisi Nuriddin Mo‘sajonov g‘oliblikka munosib deb topildi.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Xalq ta’limi vazirligining qimmatbaho va esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: