Qasamyod

(hikoya)

Harbiy shaharchaning Markaziy maydoni bayramona ko‘rinishda. Askarlar maydon uzra saf tortgan. Zuhriddin ham shu safning ikkinchi qatorida qasamyod qabul qilish uchun shay turibdi. Uning xayolidan bir zum dadasining “Yigit kishi birovga qaram bo‘lmasligi uchun hamisha halol mehnat qilib o‘zini-o‘zi ta’minlay olishi shart”, – degan so‘zlari kechdi.

Darhaqiqat, zuvalasi mehnatda pishgan Zuhriddinning qo‘li gul. Yaxshigina pazanda. Harbiy xizmatga chaqirilgunicha tog‘asining oshxonasida turli mazali taomlar tayyorlashni o‘rgandi. Malakali oshpazlarga shogirdlikka tushdi, oshxona tutumini o‘zlashtirdi. “Bir yigitga yetmish hunar oz” deganlaridek, sartaroshlik hunarini ham qunt bilan egalladi. Uning ona Vatan oldidagi yigitlik burchini o‘tash uchun otlanganini oilasidagilar mamnuniyat bilan qabul qildi. Ayniqsa, dadasining quvonchini ko‘zlaridan o‘qigan yigitning qalbini bir zum hayajon bosdi.

Xullas, u harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlar bilan hujjatlarni tayyorlashga kirishdi. Dastlab tuman Mudofaa ishlari bo‘limida tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayoni Zuhriddin uchun qiyin kechdi. U shifokorlar tavsiyasi bilan poliklinika sharoitida salomatligini tikladi. So‘ngra viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasida ham mutaxassis-harbiylar ko‘rigidan o‘tgan yigitga fanlarni yaxshi o‘zlashtirgani, gazeta va jurnallarni tinmay mutolaa qilgani hal qiluvchi test sinovlarida qo‘l keldi.

Nihoyat barcha sinovlar tugab muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar qatori Zuhriddinga ham harbiy kiyim kiyish nasib etdi. Uning cheksiz quvonchi yuzu ko‘zida aks etib turardi. Ayniqsa, viloyat rahbarlari, faxriylar, ota-onalarning ularga oq yo‘l tilab harbiy xizmatga kuzatishi o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlab ona Vatan oldidagi yigitlik burchiga sodiq qolishga undar edi.

Bo‘lajak harbiylar poyezdlarga chiqib harbiy qismlarga yo‘l olishdi. Yo‘lda bir-birlari bilan tanishib sodiq do‘stlarga ham aylanishdi. Harbiy qismga yetib kelib bir oy davomida harbiy Nizomni, ichki intizom talablarini, kundalik tartib hamda vzvod bo‘lib qurolsiz va shaxsiy qurol bilan marsh ostida safda yurishni obdon mashq qildi. Bu ishda kichik komandirlarning erinmasdan qayta-qayta o‘rgatishi, tushuntirishlari harbiy yigitlarni bir-biriga do‘stu qadrdon bo‘lib mashq qilishga undar edi. Biror askarning safda noto‘g‘ri qadam tashlashi safni buzib qo‘yishi hech gap emasdi.

Tinimsiz mehnat muvaffaqiyatlar sari yetaklaydi. Buni ich-ichidan his etgan Zuhriddin hamisha oldingi safda bo‘lishga intildi. Berilgan har qanday topshiriqni vijdonan bajardi. U do‘stlari orasida turib, minbar atrofida ota-onalar uchun hozirlangan o‘rindiqlar yonida tik turgan buvasi, dadasi hamda tog‘asining uni ham tik turib kuzatayotganini, ularning imo-ishoralaridan ayasi va buvisining ham o‘tirganlar orasida ekanligini angladi.

Yana o‘qing:  Yaxshiliklar shahri

Shirin o‘y-xayollar og‘ushidagi Zuhridinni tantanali marsh sadolari o‘ziga keltirib, bir zumda sergak tortdi. U ham barcha safdosh do‘stlari qatori qasamyod qilar ekan, dilining tub-tubidan shu yurt farzandi ekanligi, unga hamisha sodiq qolayotganidan behad mamnunligini his etib turardi.

Zikriyo XOLMATOV,

oddiy askar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: