HAMYURTIMIZ “QATAR EXXONMOBIL OPEN – 2015”DA

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Qatar poytaxti Doha shahrida boshlanadigan “Qatar Exxonmobil Open – 2015” xalqaro turnirning asosiy to‘ridan bahslarga kirishadi.

Mukofot jamg‘armasi 1 million 221 ming 320 AQSH dollarini tashkil qilgan mazkur nufuzli musobaqaning birinchi davrasida hamyurtimiz turnirda uchinchi raqam ostida saralangan chexiyalik tajribali tennischi Tomash Berdixga qarshi kortga chiqadi.

Doha turnirida, shuningdek, Novak Jokovich, Rafael Nadal, David Ferrer singari dunyo reytingining kuchli o‘ntaligidan o‘rin egallagan tennischilar ham g‘oliblik uchun bahs yuritadilar.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  MA’LUMOT

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: