KEKSALAR DOIMO E’ZOZDA

Urush va mehnat fronti faxriylarining tibbiy sog‘lomlashtirish darajasi va sifatini oshirishda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi ham faol ishtirok etmoqda. Tizimdagi sanatoriylarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, urush va mehnat fronti faxriylarini sog‘lomlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish doimiy e’tiborda. Xususan, yaqinda bir qator sanatoriylarda yangi davolash va yotoq binolari foydalanishga topshirildi.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Botanika” sanatoriysida ham bunyodkorlik yumushlari bajarildi. Natijada zamonaviy talablarga javob beradigan davolash va yotoq binolari, fizioterapevtik davolash bo‘limi barpo etilib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi yanada oshirildi.

2015 yil mamlakatimizda “Keksalarni e’zozlash yili”, deb e’lon qilingani ushbu yo‘nalishdagi ishlar ko‘lamini yanada oshirishga xizmat qiladi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, qaysi xonadonda nuroniy otaxon yoki onaxon bo‘lsa, bu oilada albatta fayzu baraka, farovonlik, ahillik bo‘ladi.

Darhaqiqat, ona Vatanimizning tinchligi, osoyishtaligi, osmonimiz musaffoligi keksa otaxon va onaxonlarimizning duolari ijobatidir. Shu bois mo‘tabar bobolarimiz va momolarimizni, ota-onalarimizni rozi qilish, ularning duosini olish – dunyodagi eng ulug‘, eng savobli ish demakdir.

Vasila PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Biz sog‘lom bolalarmiz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: