Tuzsiz ziyofat

– Allo, Ismoiljon, bormisan? Bu yorug‘ olamda ikkita yaxshi bo‘lsa, biri – sensan, biri – menman. Bu olamda.., xo‘p, xo‘p. Yaxshi, qadrdonlarni chaqirib, yangi yilda bir otamlashsak qanday bo‘larkin. Biznikida-da… Siz avvalroq kelavering. Hamma narsa taxt. Faqat… aytaveraymi? Siz o‘zimiznikisiz-ku. Shu… endi… bizda qassob haligindayroq. Uch kilo qo‘y go‘shti bo‘lsa. Yo‘-o‘q.., boshqa hamma narsa bor…

– Allo, Ikromboy, qalaysan? Bola-chaqa tinchmi? Yo‘g‘-e… Hech qanaqa ish-pish qolmadi. Ziyofat tayyor. Dushmanlar aslo aralashmaydi. Qiyomatda ham o‘shalar bilan o‘tirgulik qilmasin… Bir erimoqchiman. Shovla ketsa ketsin-u, obro‘ ketmasin. Xullas, hammasi joyida… Sen o‘zimiznikisan, aytsam bo‘laveradi. Oylik cho‘zilib ketib anunaqasiga qiynalib qoldim… Ha, ikkita oqidan, bitta qizilidan bo‘lsa yetadi-yov…

– O‘ktamjon, o‘zingizmi? Ie, yashang-e, ming yildan beri ko‘rinmaysiz-a… Mirzaobodda oshnam bor deb eslab ham qo‘ymaysiz. Sizlar yo‘qlamasalaring o‘zim yo‘qlay deb turibman. Uyda! Yo‘g‘-e, mehmon kutishda bizning xotinga teng keladigani yo‘q. Hamma narsa tayyoru… Endi Ikrom bilan Ismoilga yuragimni ochgim kelmadi. Siz o‘zimiznikidaysiz. Ozroq meva-cheva bo‘lsa yaxshi bo‘lardi-da. O‘zingiz bilasiz-ku. Rahmat, kutaman. Juda ko‘p olmang, qop ketadi.

– Nusratillo! Sen o‘zing tillosan. Tilloga almashtirmayman. Qayerdan bilding. Ha, men erimasam bo‘lmaydi shekilli. Xizr bo‘p qopsan. Yana bir karomat qil-chi. E, o‘lma oshna! Og‘aynim ko‘p, do‘stlar ko‘p. Ammo tillosi bitta. Endi gapning indallosini aytsam, sabzi, piyoz, paxta yog‘iga kelganda hamyon qurg‘ur nomardlik qildi-da. E, yashavor, shunday deyishingni bilardim.

Shunday qilib, Yangi yil oqshomida Ibrohimnikida quyuq ziyofat bo‘ldi. Hamma narsa joyida bo‘ldi-yu, tuz masalasiga kelganda…

Muhammad SiddiQ

Yana o‘qing:  “SOG‘LOM AVLOD” MUXBIRIMAN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: