Yil sarhisobi

Yosh oilalarga uy-joy sotib olish, uni qurish va rekonstruksiya qilish, uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan tovarlarni xarid qilish uchun qariyb 215 milliard so‘mlik imtiyozli ipoteka kreditlari va 57 milliard so‘mlik foizsiz qarz mablag‘lari ajratildi. Shuningdek, Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan 1 milliard 500 ming so‘m qiymatidagi maishiy elektr texnika vositalari kam ta’minlangan oilalarga bepul tarqatildi.

Sog‘lom bola yilida tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasida 137 ta tibbiyot muassasasida, jumladan, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari, Andijon shahridagi tug‘ruq kompleksi, Toshkent shahridagi bolalar sanatoriysi, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bolalar xirurgiyasi bo‘limi va boshqa sog‘liqni saqlash maskanlarida qariyb 410 milliard so‘mlik qurilish, rekonstruksiya va jihozlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, xorijiy moliya institutlarining 28 million 500 ming dollarlik kredit va grant mablag‘lari hisobidan tuman tibbiyot birlashmalari, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi, onkologiya muassasalari, viloyat shifoxonalari zamonaviy davolash asbob-uskunalari bilan jihozlandi.

***

Braziliyada maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik aka-uka Sindorovlar tajriba va mahorat bobida hech kimdan kam emasligini yana bir karra isbotladi.

Musobaqaning to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida Javohir Sindorov oltin medalni, Islombek Sindorov esa yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

Yana o‘qing:  “QO‘ZICHOQ” SALATI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: