FOND faoliyatidan (2014/52)
QoraQalpoG‘iston. Fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi mutaxassislari tomonidan Xo‘jayli tumani “Tozapas” qishloq vrachlik punktida 300 nafarga yaqin aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 10-umumta’lim maktabida “Erta turmushga chiqishning salbiy oqibatlari”, “Qarindoshga quda bo‘lmang!”, “Skrining tekshiruvini bilasizmi?”, “OITS bu nima?” kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qildi.
Toshkent. Fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Zangiota tumanidagi “Xonobod”, “Tinchlik”, “O‘zgarish”, “Zangiota”, “Erkin” hamda Beruniy nomli mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvi 446 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Navoiy. Fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Navbahor tumani “Barqut”, “G‘ujbog‘tepa”, “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi qishloq aholisi orasida tibbiy madaniyatni shakllantirish, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularni erta turmushga berishning oldini olish, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, onalik va bolalikni muhofaza qilish kabi masalalarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mavzuga oid qonun hujjatlari yuzasidan 5 ta davra suhbati tashkil etildi.
Namangan. Fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan ham Namangan shahar “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 6-sonli oilaviy poliklinikada 220 nafar voyaga yetmagan o‘smir o‘rtasida “Nikoh yoshiga yetmagan qizlarni shar’iy nikoh orqali erta turmushga berishning oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Fond tomonidan mavzuga oid bukletlar tarqatildi.
Abbosjon ERGASHEV,
“Sog‘lom avlod uchun” fondi matbuot kotibi