ENG MEHRIBON DO‘ST

Mening bir dugonam bor. O‘zi yaxshi qiz, lekin nuqul onasi bilan orasida tushunmovchilik bo‘lib turadi. Nega deysizmi? Uning gapiga qaraganda onasi “ha”, deb uni boshqararmish. Har bir ishidan kamchilik toparmish.

Ie, bu nima degani? Axir, onalarimiz bizga yaxshi bo‘lsin deyishadi-ku. Ularni to‘g‘ri tushunish kerak. Dugonam o‘zboshimchalik qilishni yaxshi ko‘radi-da. Endi biz kattamizku, bizni boshqarish shartmikin, – deydi u menga.

Onalarimiz bizni oq yuvib, oq tarab, o‘zi yemay yedirib, o‘zi kiymay kiydiradi. Ular farzandlariga g‘amxo‘rlik kilib, ko‘proq mehr berib parvarishlaydilar. Hayotlaridagi barcha quvonchu-tashvishlarini shu farzandlarida deb, biladilar.

Mening onam ham o‘qishdan keyin nimalar bilan shug‘ullanishimni har doim nazorat qilib turadi. Uy ishlaridan bo‘shagan zahotim, dars tayyorlashimni talab qiladi. Vaqtni bekorga sarflash ham uvol, deydi u. Bu esa menga har bir ishni o‘z vaqtida uddalab, ustozlar bergan bilimni mustahkamlash, o‘z ustimda ishlashimga turtki bo‘ladi. Hatto kutubxonaga borishga ham ulguraman. Kelajakda men ham oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishni niyat qilganman. Buning uchun esa ko‘p kitob o‘qib, o‘rganish lozim. Shunday ekan onalarimizning aytgan har bir so‘zini, mehrini qalbimiz bilan his qilgan holda inobatga olishimiz, ularni asrab, avaylashimiz lozim. Eng yaqin do‘stimiz onamiz ekanini, o‘zboshimchalik bizni xatolarga yo‘l qo‘yishga, tashvish keltirishga sabab bo‘lishini esdan chiqarmaylik.

Ziyoda OQILXONOVA,

TDSHI qoshidagi Yunusobod xorijiy tillar akademik litseyi o‘quvchisi

Yana o‘qing:  OROL VA OROLBO‘YI MUAMMOLARINI BARTARAF ETISH YO’LIDA XALQARO HAMKORLIK

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: