DARAXTDA PISHADIGAN “QOVUN”

yoxud papayya HaQida

Bundan o‘n yillar avval Tailand davlatida bo‘lgan bir fermer safar taassurotlarini shunday xotirlagan edi: “Tailandda papayya degan daraxt bor ekan. Uning mevasi o‘zimizning qovunni eslatadi. Markaziy Osiyodan borgan hamkasblarimiz bilan unga “qovun daraxti” deb nom qo‘ydik. Ularga bizda ham shunday meva borligini, faqat u poliz mahsuloti ekanligini va yerda o‘sishini aytdik. Tailandliklar bunga qiziqib qolishdi. Sababi ulardagi papayyaning tanasi yetishtirib berayotgan mevasiga nisbatan ancha past va nimjon ekan. O‘zimizning anjirni esga soladi”.

Istiqlol yillarida odamlarning dunyoqarashi o‘zgarayotgani, har bir kishi yangilik yaratishga intilayotgani samarasida bir qator tropik mevalar qatorida mamlakatimizda papayya o‘simligini yetishtirish ham ommalashib borayotir. Asl vatani Meksika janubi, Markaziy va Janubiy Amerikaning shimoliy hududlari hisoblangan qovunga o‘xshash meva tugadigan ushbu daraxtni yevropaliklar XV asrdan b oshlab yetishtira boshlaganlar. Ushbu daraxt besh yil ichida to‘rt-olti metrga yetadi hamda yigirma yillar chamasi umr ko‘radi.

Ma’lumotlarga qaraganda, papayyaning mingdan ortiq navi bor. Qaysi mamlakatda o‘stirilishiga qarab nafaqat mevasining ko‘rinishi, balki mazasi ham farq qiladi. Biroq, ularning barini bir xususiyat birlashtirib turadi – to‘yimli va salomatlik uchun foydali.

Papayya mevasi tarkibida ko‘p miqdorda A, V, S, D vitaminlari, albumin va temir moddasi bor. Shuning uchun u jigar faoliyatini, qondagi qand va me’da shirasi nordonligi miqdorini me’yorga keltiradi. Shuningdek, bu meva kaliy va magniy minerallariga ham boy.

Papayyaning eng muhim xususiyati mevasi va barglari tarkibidagi papain fermentidir. Fiziologik ta’siriga ko‘ra u me’da shirasiga o‘xshab ketadi. Shuning uchun ham papayya mevasidan hazmni yaxshilaydigan parhez mahsulot sifatida foydalaniladi. Papayyanning oqsilni parchalash xususiyati qattiq go‘shtni yumshatishda qo‘l keladi. Shu maqsadda tropik o‘lkalarda ovqatlarga bir bo‘lak papayya qo‘shib yuboriladi. Eng qattiq go‘shtni ham papayya bargiga o‘rab qo‘yilsa, bir necha soatdan keyin yumshab qolishi tayin.

Britaniyalik olimlarning fikricha, papayya hatto saraton hujuyralarini yo‘q qilish xususiyatiga ega. Papayyani sof meva holida, quritib maydalangan holda iste’mol qilish mumkin.

Janubiy Amerika va Afrika mamlakatlarida papayyaning tibbiyotda ham nufuzi baland. Bu o‘simlik ayni paytda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida tobora ommalashib bormoqda. Mehnatkash, mirishkor va tadbirkor olimlarimiz ushbu ming dardga davo bo‘layotgan o‘simlikni mahalliylashtirishga muyassar bo‘lishdi. Hozirda papayya daraxti mamlakatimizning ko‘pgina hududlarida yetishtirilmoqda. Undan tayyorlanayotgan shifobaxsh giyohlar yurtdoshlarimiz dardiga darmon bo‘layotir. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi “Elmurod o‘g‘li Elbek” fermer xo‘jaligi raisi Elmurod Qurbonov ham fermer xo‘jaligi tarkibida papayyadan turli salomatlikka doir iste’mol vositalarini ishlab chiqarmoqda.

Yana o‘qing:  MENING OILAM

– Tadbirkorlikka yo‘l ochilayotgani biz tadbirkor-u fermerlarni juda quvontirdi, – deydi Elmurod Qurbonov. – Ayniqsa, Yurtboshimizning shu yil 18 iyuldagi “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bizning erkin faoliyat yuritishimiz uchun dasturilamal bo‘ldi. Ta’kidlash joiz, papayya inson salomatligi uchun muhim bo‘lgan ko‘pgina kimyoviy moddalarni o‘zida jamlagan. Yuz gramm “papayya”ning energetik quvvati 26-74 kaloriyaga teng. Tarkibida glyukoza, fruktoza, organik kislotalar, oqsil va turli vitaminlar mavjud. Uning foydali jihatlari juda ko‘p. Shuningdek, tarkibida o‘simlik fermenti – papain mavjud. Papayyaning yashil mevasi, bargi, poyasida lateks degan sutsimon shira bo‘lib, uning tarkibida proteologik fermentlar, olma kislotasi, qatron bor. Papayya dori vositasi emas, balki biologik ta’sirga ega bo‘lgan foydali o‘simlikdir. U to‘qimalardagi hujayralarning hayotini yaxshilab, tiklab boradi.

Mutaxassislar ta’kidlaganidek, papaindan tibbiyotda tromboz, gastritni davolashda foydalaniladi. Bu dori iste’mol qilinsa, umurtqa osteoxondrozi, umurtqa orasi disk churrasi, bo‘g‘imlar osteoartrozi, qandli diabet, kamqonlik, jigar, me’da-ichak kasalliklarining oldi olinadi. Eng muhimi, papayya daraxti mevalari tanadagi ortiqcha og‘irlikni yo‘qotib, chiroyli qomatni saqlashga yordam beradi, uning mevasi va urug‘idan olinadigan modda esa saraton to‘qimalarini yo‘qotib, organizm immunitetini oshiradi.

Bahodir HALIMOV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: