IJTIMOIY HAMKORLIK SAMARASI

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismonan sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida bir qator ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Ayniqsa “Sog‘lom bola yili” davlat dasturi hamda 2011 yil 30 maydagi “2011-2015 yillarda yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlar ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borayotgan keng ko‘lamli sa’yi-harakatlar o‘z natijasini bermoqda. Yaqinda ushbu fondda “Nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilishda davlat va nodavlat tashkilotlarning ijtimoiy hamkorligi masalalari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida ham ushbu masalalarga katta e’tibor berildi. Tadbirda so‘zga chiqqan Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi Svetlana Inomova o‘z so‘zida joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida fondning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 ming 252 ta qishloq va 2 ming 696 ta mahallalaridagi 23 ming 419 ta oilalarning ijtimoiy sharoiti, undagi psixologik muhit va bolalar hamda kattalar sog‘ligi o‘rganilgani haqida to‘xtalib o‘tdi. Tibbiy ko‘rik davomida jami 226 ming 403 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan 6 ming 561 nafarini nogironlar tashkil etadi.

Vasila PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  DARAXTDA PISHADIGAN “QOVUN”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: