HAYOTGA UMID BAG‘ISHLAB

Har bir inson naslining davomchisi – farzandining to‘rt muchasi sog‘ tug‘ilishini orzu qiladi. Ammo hayotda buning aksi kuzatilsa, butun borlig‘ini bag‘ishlab, farzandining dardiga davo izlaydi. Ayrim sabablarga ko‘ra nosog‘lom tug‘ilgan bolalar hamisha shifokor nazoratida bo‘lishi zarur.

Buxoro viloyati Bolalar psixonevrologiya shifoxonasi ham ana shunday dardmand bolalar uchun najot maskani bo‘lib xizmat qilmoqda.

Oliy toifali shifokor-nevrolog tibbiyot fanlari nomzodi Mavluda Artiqova rahbarlik qilayotgan bu shifoxonada tug‘ilganidan to 18 yoshgacha bo‘lgan bemor bolalar davolanishadi. Ular serebral falaj, meningoensefalit (meningit va bosh miyaning yallig‘lanishi) kabi kasalliklarning asoratlari, bosh miya va orqa miya jarohatlaridan so‘ng qolgan asoratlar, nasliy tug‘ma xastaliklarning asosan og‘ir turlari asoratlari sababli imkoniyati cheklangandir. Davolash natijasida nogiron bolalarning ko‘pchiligi yurib ketadi. Ular mumkin qadar ijtimoiy hayotga moslashadilar.

Shifoxona 70 o‘ringa mo‘ljallangan. 7 nafar shifokor, 31 nafar hamshira bemorlarga namunali tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Mavluda opa tomonidan ishlab chiqilgan “Eng yaxshi narsalar – bolalarga” loyihasi 2012-yilda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan e’tirof etilib, shifoxonaga 88,4 ming AQSH dollari miqdoridagi 5 turdagi tashxis va davolashda ishlatiladigan chet el asbob-uskunalari jumladan, Koreyadan ultratovush skaner uskunasi, bosh miya falaji bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun Germaniyadan keltirilgan trenajyorlar to‘plami, Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan “Mitsar” nomli reograf uskunasi printeri bilan hadya etilgan. Yana shu davlatda ishlab chiqarilgan ultrayuqori chastotali elektr maydon ta’siri bilan davolovchi tibbiy uskuna, ko‘p faoliyat bajaruvchi “Eleskulap” uskunasi ham Yaponiya granti asosida sotib olingan.

– Mamlakatimizda tibbiyot sohasiga qaratilgan e’tibor va amaliy yordam tufayli bemor bolalarga aniq tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida davo usullarini qo‘llab, ularni ijtimoiy hayotga moslashishiga erishmoqdamiz. Ayniqsa, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish muassasa xodimlari zimmasiga yanada ma’suliyat yuklaydi. Hozirda shifoxonada ortopedik jarrohlik bo‘limini tashkil etish loyihasi ustida ishlayapmiz, – deydi muassasa bosh shifokori Mavluda Artiqova.

Albatta, muassasaning muvaffaqiyatlarida tajribali mutaxassislarning ham hissasi katta. Jamoaning Zulayho Aliyeva, Nozima Nabiyeva, Sanjar Jo‘rayev kabi malakali va tajribali shifokorlari va Hadya Bakayeva, Guljamol Ernafasova, Mavluda Jo‘rayeva singari fidoyi hamshiralar qo‘lida muolaja olib o‘z dardiga shifo topayotgan bemor bolalarning ota-onalari ulardan minnatdor.

Yana o‘qing:  SIMSIZ SUN’IY KO‘Z

Shoira RAHMONOVA,

Buxoro viloyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: