Huquqiy sohada yangi kitob

Mamlakatimizda inson huquqlari ustuvorligi tamoyiliga tayanib, milliy huquqiy tizim yaratildi, inson manfaatlari islohotlar strategiyasining asosi sifatida belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi hamda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz tomonidan “Inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimi: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” innovatsion loyihasi doirasida chop etilgan yangi “Inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimi: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” kitobi ham inson huquqlari sohasidagi ishlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Unda mamlakatimizda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro hujjatlar qoidalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning monitoringi hamda amalga oshirishning xalqaro andozalari o‘rin olgan. Inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tizimi, yurtimizda fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar hamda ularning amalga oshirilishi, shuningdek, bolalar va ayollar huquqlarining monitoringi tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari ham kitobda keng yoritilgan.

Dilafro‘z MURODOVA,

Yashnobod kompyuter texnologiyalar kolleji o‘qituvchisi

Яна ўқинг:  Yurt e’tibori va yaxshilar e’zozida

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: