SPORT HAMJIHATLIKKA ChORLAYDI

O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi

29 noyabr – 3 dekabr kunlari Toshkent shahridagi maxsus maktab-internatlarida “3 dekabr – Xalqaro Nogironlarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Toshkent shahar hokimi sovrini uchun “Quvnoq startlar”, shashka va armrestling sport turlari bo‘yicha musobaqalar yuqori saviyada o‘tkazildi.

Sport musobaqalari Toshkent shahar Madaniyat va sport ishlari Bosh boshqarmasi, Toshkent shahar prokuraturasi, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi, “Kamolot” YOIH Toshkent shahar Kengashi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahar filiali, “Yoshlik” JTSJ Toshkent shahar kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad – ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, imkoniyati cheklangan bolalarni sportga ommaviy tarzda jalb etish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdan iboratdir. Musobaqalarga poytaxtimizdagi maxsus maktab-internatlarining 600 nafarga yaqin tarbiyalanuvchilari jalb etilib, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Husan NASRULLAYEV,

Toshkent shahar Madaniyat va sport ishlari Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Yana o‘qing:  SALOMATLIK YO’LIDAGI HAMKORLIK

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: