Xotin-qizlar qo‘mitasining eng namunali boshlang‘ich tashkiloti

TANLOV G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Xotin-qizlar qo‘mitasining eng namunali boshlang‘ich tashkiloti” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tanlov ishtirokchilari eng namunali mahalla, oliy ta’lim muassasasi, kasb-hunar kolleji yoki akademik litsey, umumta’lim maktabi, tibbiyot muassasasi, korxona va maktabgacha ta’lim muassasalaridagi xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari yo‘nalishlarida qatnashdilar.

Qo‘mita tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yanada keng yo‘lga qo‘yish maqsadida 2011 yildan buyon Xotin-qizlar qo‘mitasi tizimida “Xotin-qizlar qo‘mitasining eng namunali boshlang‘ich tashkiloti” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. Bu yil o‘tkazilgan tanlovning tuman-shahar bosqichlarida 25 ming nafarga yaqin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosqichida 3 ming nafarga yaqin boshlang‘ich tashkilot raislari ishtirok etdi va ularning 98 nafari 7 yo‘nalish bo‘yicha respublika bosqichiga tavsiya etildi.

– Men tanlovning “Eng namunali oliy ta’lim muassasasi Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin sohibasi bo‘ldim. Ta’lim muassasamizda 414 nafar talaba qiz bilim oladi. Ular orasida “Iqtidorli qizlar”, “Bilimdonlar” kabi turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib turamiz. Joriy yilda sportning qo‘l to‘pi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada bir nafar qizimiz respublika bo‘yicha chempion bo‘ldi. Har uch oyda bir marotaba ozodalikni yo‘lga qo‘yish maqsadida talabalar turar joylari o‘rtasida “Eng chiroyli, eng ozoda xona” tanlovini o‘tkazamiz. Bugungi yutuq bizning keyingi muvaffaqiyatlarimizga poydevor bo‘ladi, albatta, – deydi Toshkent Davlat Agrar universitetining Nukus filiali Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi, dotsent Tamara Oserbayeva.

Tanlov natijalariga ko‘ra respublika bosqichida 1-o‘rinni Navoiy viloyati, 2-o‘rinni Namangan viloyati, 3-o‘rinni Farg‘ona viloyati egalladi. Mazkur tadbirda g‘oliblar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi. Tadbirda san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga zavq ulashdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova ishtirok etdi.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Termizda Islom Karimov nomidagi texnika universiteti tashkil qilinadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: