ADOLAT MEZONI

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti qoshidagi akademik litseyning anjumanlar zalida O‘zbekiston Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlab “O‘zbekiston Konstitutsiyasi — mustahkam oila poydevori” mavzusida litsey talabalariga seminar o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi faol ayollari, “O‘zbekiston- Qirg‘iziston”, “O‘zbekiston-Latviya” do‘stlik jamiyatlari, Toshkent shahar hokimligi Mudofaa ishlar bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.

Uchrashuvda “O‘zbekiston Konstitutsiyasi — mustahkam oila poydevori” mavzusida akademik Saidahror G‘ulomov oliy qomusimizning hayotimizga, milliy urf-odatlarmizga nechog‘lik mos ekanligi va umuminsoniy, halqchilligi haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, do‘stlik jamiyatlari Kengashi faoliyati haqida — Kengash mas’ul kotibi Muqima Abdullayeva, tarix fanlari nomzodi Muborak Yunusxo‘jayeva “Mustahkam Vatanimda — mustahkam oila” mavzusida so‘z yuritdi.

Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Sohibjamol ABDURAIMOVA

Yana o‘qing:  SUVNI ASRAYLIK

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: