FRANSIYADA FILLAR UCHUN “QARIYALAR UYI” QURILADI

Belgiyalik Toni Ferxulst va Sofi Getgebyur Fransiyaning Limuzen provinsiyasida fillar uchun “qariyalar uyi” qurmoqchi.

Ferxulstning aytishicha, ular 20 yil davomida Belgiyaning Antverpen shahridagi “Hayvonot bog‘lari”da jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilgan, endi esa fillar keksalik gashtini surishi uchun ularga Fransiyada shart-sharoit yaratib bermoqchi.

Belgiyalik juftlik 25 gektar maydonga ega hududda o‘ntacha filni parvarishlash bilan shug‘ullanmoqchi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda fillar yashashi uchun zarur barcha sharoitlar mavjud: suv, o‘t-o‘lan, kashtan daraxtlari, tekis yerlar bu yerda serob. Ilk filni ular bir yil ichida asrab olishga tayyor.

Shahar hukumati fil ishqibozlari tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Ularning aytishicha, fillar sayyohlarni jalb etib, mintaqa iqtisodiyotining o‘sishiga hissa qo‘shadi.

Nashrning yozishicha fillar uchun bunday “qariyalar uylari” Amerika va Osiyoda allaqachon faoliyat yuritmoqda.

Yana o‘qing:  UCH O‘LCHAMLI (3 D) TIZZA BO‘G‘IMI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: