YOSHLARIMIZ DURANG O‘YNADI

Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ikkinchi tur uchrashuvida iordaniyalik tengdoshlari bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Dastlabki turda g‘alaba qozongan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Iordaniya futbolchilariga qarshi bahsda qattiq qarshilikka duch kelsa-da, o‘z irodasini namoyish etdi.

Uchrashuvda dastlab hisobni iordaniyaliklar ochishga muvaffaq bo‘lishdi. 49- daqiqada Fadi Avad jamoasining birinchi goliga mualliflik qildi.

Shundan so‘ng hamyurtlarimiz ketma-ket hujumlar tashkil qila boshlashdi. Bu hujumlar o‘z samarasini bermay qolmadi. 60- daqiqada uyushtirilgan ana shunday hujumlardan birini qaytarishda raqib himoyachisi o‘z jarima maydonchasi ichida o‘yin qoidasini buzdi. Hakam tomonidan belgilangan penaltini Igor Sergeev aniq bajardi – 1:1. O‘yin davomida Ahmadjon Musayev shogirdlari ikki marta hisobda ortda borishdi, biroq so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.

– Biz musobaqani Vyetnam terma jamoasiga qarshi 4:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan boshladik va bu bugungi o‘yinga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Biz Iordaniya terma jamoasi haqida bilardik, unga qarshi o‘yin oson bo‘lmasligi haqida ham yetarlicha ma’lumotga ega edik. Biroq o‘yin davomida shogirdlarim raqib kuchiga yetarlicha baho bera olishmadi va buning uchun jazolanishdi, – dedi Ahmadjon Musayev.

– Bugungi o‘yindan har ikkala terma jamoa murabbiyi ham qoniqish hosil qilmagan bo‘lsa kerak. Raqibimizda g‘alaba qozonish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega, biroq so‘nggi daqiqalarda biz mag‘lubiyatdan qutulib qoldik. Biroq men bugun jamoamiz ko‘rsatgan o‘yindan umuman qoniqish hosil qilmadim, biz o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak, – deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatidagi navbatdagi uchrashuvni 8 noyabr kuni KXDR yoshlariga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahsda yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Yana o‘qing:  KULCHA NON

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: