BOSHLANG‘ICH TA’LIM POYDEVORI

Jizzax pedagogika kolleji viloyatdagi nufuzli ta’lim maskanlaridan biri sanalanadi. 1930 yildan o‘z faoliyatini boshlagan bu ta’lim dargohiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan 2004 yil oktyabr oyida Jizzax pedagogika bilim yurtiga kollej maqomi berildi. Binolar qayta ta’mirlanib zamonaviy qiyofaga ega bo‘ldi. Mazkur ta’lim maskani o‘tgan davr mobaynida nafaqat viloyatimiz, balki respublikamizning boshqa viloyatlariga ham pedagogika sohasida ko‘plab kadrlar yetkazib berdi.

Jizzax pedagogika kollejida ayni vaqtda 1 ming 300 nafarga yaqin o‘quvchi ta’lim– tarbiya olib, kasb sirlarini o‘rganmoqda. Bu yerda o‘quvchilar “Boshlang‘ich ta’lim”, “Maktabgacha ta’lim”, “Musiqa ta’limi”, “Jismoniy tarbiya va bolalar sporti”, “Maktabdan va sinfdan tashqari ishlar” kabi yo‘nalishlarda mutaxassislikka ega bo‘ladilar.

Ta’lim maskanida yoshlarning puxta bilim egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. O‘quv binosida 57 ta fan xonalari, zamonaviy rusumdagi texnika va o‘quv qurollari bilan jihozlangan kimyo, biologiya, fizika, lingofon kabinetlari, 10 ta ma’muriy xona, kutubxona hamda mo‘jaz o‘quv zali, gimnastika va sport zali hamda faollar zali mavjud. Mavjud kompyuter xonalari o‘quvchilar ixtiyorida. 100 o‘ringa mo‘ljallangan turar joy binosi tom ma’noda o‘quvchilarning haqiqiy uyiga aylangan. Yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib kelayotgan yoshlar turli ko‘rik-tanlovlar, fan olimpiadalari va sport musobaqalarida faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda. Ta’lim dargohi o‘quvchisi Dilshoda Shukurova fan olimpiadasining viloyat bosqichida ona tili fanidan viloyatda ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Maftuna Quvondiqova sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha Osiyo chempioni, Lola Donaboyeva hamda Shahnoza Ziyatova taekvan-do bo‘yicha O‘zbekiston chempioni nomiga sazovor bo‘lishgan. Parizoda Ergasheva stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Birgina bu emas, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Jalol Muxtorov boshchiligida sportning basketbol turini mukammal o‘zlashtirayotgan qizlar jamoasi 2014 yilgi O‘zbekiston chempionati 1-liga musobaqalarida ishtirok etyapti.

Bahora Lutfullayeva, Rahima Boboyeva, O‘rol Soatov, Nodira To‘rayeva, Guljahon Quvnoqova, Zuhra Jabborova, Valeriy Pavlov, Gulnora Sharopova, Obloqul Sa’dullayev, Fotima Abdurahimova kabi o‘qituvchilarimiz tomonidan yaratilgan o‘quv qo‘llanmalari o‘quvchilarga fan sirlarini o‘rgatishda qo‘l kelmoqda.

Yana o‘qing:  MOBIL ILLATLAR

Kollejimiz kafedralarida barcha fanlar yangi pedagogik texnologiyalar asosida zamonaviy texnik vositalar yordamida o‘qitilmoqda. O‘qitishning seminar-trening, musobaqa, konsert dars kabi usullari, shuningdek, zamonaviy elektron darsliklardan keng foydalanish yoshlarga chuqur bilim berishda katta samara bermoqda. Bir so‘z bilan aytganda bo‘lg‘usi pedagoglarga ta’lim-tarbiya berishda mazkur ta’lim maskani nafaqat viloyatda, balki respublikada ham yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelayotgani biz ustozlar zimmasiga yanada ulkan mas’uliyat yuklaydi.

Abduvahob ZAKIROV,

Jizzax pedagogika kolleji direktori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: