O‘ZBEKISTONDAGI YANGI MY5 TELEKANALI 8 DEKABR ARAFASIDA TO‘LIQ EFIRGA ChIQADI

Test rejimidagi efiri 12 noyabrdan boshlangan MY5 telekanali dekabr oyida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni arafasida to‘liq efirga chiqishni boshlaydi.

Telekanal Kuzatuvi kengashi raisi, Respublika “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati raisining o‘rinbosari Feruza Muhammadjonovaning so‘zlariga ko‘ra, telekanal Toshkent shahri va viloyatining 5 million nafar aholisiga har kuni yosh ijodiy guruhlar tomonidan tayyorlangan 20 soatlik “qiziqarli va o‘ziga xos” dasturni o‘zbek hamda boshqa tillarda taqdim etadi.

Bular MY5-News, “Sirdoshlar”, “5+5”, “Top-dizayner”, “Beshinchi fasl”, “KinoLife” kabi axborot va madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvlar, musiqiy-ko‘ngilochar dasturlardir.

Ayni kunlarda taqdimot roligi hamda musiqiy blokni o‘zida jamlagan texnik efir dasturlari 29-raqamli kanal orqali efirga uzatilmoqda.

Yana o‘qing:  IBN SINO IZDOSHLARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: