OILA VA SPORT

Poytaxtimizning Chilonzor tumani “2-Qatortol” mahallasida namunali oilalar o‘rtasida “Kamolot” YOIH Chilonzor tumani kengashi tomonidan “Otam, onam va men – sportchilar oilasi” sport musobaqasi o‘tkazildi. Qizg‘in ruhda o‘tgan tadbirda Akromovlar oilasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

– Sport bilan shug‘ullanish har bir inson uchun foydali deb hisoblayman. Farzandlarimizning sog‘lom o‘sishida jismoniy tarbiyaning o‘rni beqiyos. Shu sababli biz oilamiz bilan mahallada bo‘ladigan sport musobaqalarida muntazam qatnashib turamiz, – deydi Abror Akramov.

Darhaqiqat, inson xayotida sportning muhim o‘rni bor. U nafaqat salomatlikni asrashga xizmat qiladi, balki, o‘zaro hamjihatlikni ham ta’minlaydi.

Charos HAKIMOVA

Yana o‘qing:  Turizm rivojlanish pallasida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: