Bolalarning dil so‘zlari

Valeriya Suykova 1998-yilda tug‘ilgan. bugungi kunda Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 23-sonli “Mehribonlik uyi”da tarbiyalanadi. Yunusobod tumanidagi 58-sonli umumta’lim maktabining 9-sinfida o‘qiydi. 2014– yil oktabr oyida Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan sambo bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashib, 4– o‘rinni egalladi.

Vatandan uzoqda sport musobaqalarida maydonga tushganimda O‘zbekiston farzandi deb e’lon qilishganida qalbim cheksiz g‘ururga to‘ladi. Shu yurt farzandi ekanimdan faxrlanaman. Bizni yuksak parvozlarga o‘rgatayotgan, bizga barcha sharoitlarni muhayyo qilib, sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishimiz yo‘lida g‘amxo‘rlik qilayotgan ona Vatanimga, ustozlarimga cheksiz muhabbatimni qayta-qayta izhor qilgim kelaveradi, – deydi Valeriya.

Nataliya Lukinix endigina 14 yoshga to‘ldi.. Bugungi kunda Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 23-sonli “Mehribonlik uyi”da tarbiyalanadi. U Yunusobod tumanidagi 58-sonli umumta’lim maktabining 9-sinfida o‘qish bilan birga sportning sambo turi bilan shug‘ullandi. Yosh sportchi mazkur yilning avgust oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan respublika bellashuvida qatnashib, bronza medali sohibi bo‘ldi.

Sport maydonidagi yutuqlarim meni ma’nan ulg‘aytiradi. Bellashuvlarda qatnashayotib, tengdoshlarim bilan hamfikr, hamsuhbat bo‘lishim, ularning orzular qanotida yashayotganlarini ko‘rib, his qilishim menga kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Bizga ana shunday ma’nan, ruhan, jismonan barkamollik tilab shart-sharoitlar yaratib berayotgan, qadriyatlari ulug‘ yurtim bilan faxrlanaman, – deydi yosh sportchi.

Яна ўқинг:  Ijtimoiy himoya namunasi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: