NAFAS YO’LLARI SARATONIGA QARSHI DORI VOSITASI SINAB KO‘RILDI
AQSHning Pfizer’s farmatsevtika kompaniyasi tomonidan Xalkori – nafas yo‘llari saratoniga qarshi dori vositasi ishlab chiqildi va u o‘zining ilk ijobiy natijalarini bera boshladi, deya xabar beradi Day.Az. nashri.
Dori vositasini tajribadan o‘tkazishda 50 nafar kishi ishtirok etdi. Bemorlarning deyarli hammasida saraton o‘simtasi o‘sishdan to‘xtadi, 72 foiz bemorlarda esa o‘simta kichraydi.
Davolash kursi 22 dan 32 haftagacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi. Shuni aytish lozimki, ushbu yangi dori vositasining narxi juda baland. Bir oylik davolanish uchun bemor 9 600 AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni sarf etishiga to‘g‘ri keladi.
Shunday bo‘lsa-da, bedavo sanalgan ushbu kasallikni davolashda yaratilgan ushbu dori vositasini mo‘jiza deyish mumkin.