Savol bering, javob beramiz (2014/43)

Farzandim birinchi sinfga boryapti. Turmush o‘rtog‘im bilan kelishib, uni biron bir sport turi bilan shug‘ullantirish maqsadida to‘garakka bermoqchimiz. Ham o‘qish ham mashg‘ulotlar unga og‘irlik qilmaydimi?

Z.SODIQOVA,

Toshkent shahri

Bolani bir vaqtning o‘zida ham birinchi sinfga, ham sport to‘garagiga bermang. Chunki, maktab hayotining boshlanishi olti-etti yoshli bola uchun og‘ir stress hisoblanadi. Agar bolada sayr qilish, o‘ynash, dam olish va darslarni shoshmasdan tayyorlashi uchun imkoniyati yetarli bo‘lmasa, uning salomatligida muammolar yuzaga kelishi va buning oqibatida nevroz boshlanishi mumkin. Agar farzandingiz musiqa yoki sport bilan shug‘ullanishi uning tarbiyasi uchun muhim deb hisoblasangiz, ushbu mashg‘ulotlarni uni maktabga berishdan bir yil avval yoki 2-sinfdan boshlaganingiz mumkin.

Shuni yodda tutish kerakki, 6-7 yoshli bola o‘z diqqatini faqatgina 10-15 daqiqaga safarbar eta oladi. Shuning uchun bola bilan dars tayyorlayotganingizda unga har 10-15 daqiqada, mashg‘ulotlardan chalg‘itgan holda, joyida 10 marta sakrash, musiqa ostida raqsga tushish, yugurish kabi mashqlarni bajartirish lozim. Uy vazifalarini bajarishni yozuv darslaridan boshlash maqsadga muvofiq. Yozma topshiriqlarni og‘zaki topshiriqlar bilan almashtirib bajarish ham mumkin. Uy vazifalarni bajartirish uchun vaqt bir soatdan oshmasligi kerak.

Ko‘rish a’zolaridan yuqori diqqatni talab etadigan televizor ko‘rish, kompyuter o‘yinlari va boshqa mashg‘ulotlar kuniga bir soatdan oshmasligi lozim. Bu xulosani okulist hamda nevropatolog shifokorlar ham alohida ta’kidlaydilar.

Zebiniso AHMEDOVA,

psixolog

Yana o‘qing:  JAVOHIRLAR SANDIG‘I (2014/43)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: