BILIM BAHSDA SINALADI

Kollejimizda har yili “Zulfiyaxonim qizlari” ko‘rik tanlovi o‘tkaziladi. O‘tgan yili unda “Davolash ishi” bo‘limi 1-bosqich 9-guruh o‘quvchisi Mohinisa Yusufjonova va “Hamshiralik ishi” bo‘limi 1-bosqich 25-guruh o‘quvchisi Maftuna Qahramonova Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deb topildi va “Zulfiyaxonim qizlari” ko‘rik tanlovining tuman bosqichida ishtirok etishdi hamda diplom bilan taqdirlanishdi.

Mazkur o‘quv yilida “Kelajak ovozi” ko‘rik tanlovining shahar bosqichida kollejimizdan 18 nafar o‘quvchi 3 ta “an`naviy va amaliy san`at”, “adabiyot” va “publisistika”, “arxitektura” va “dizayn” nominatsiyalari bo‘yicha ishtirok etishdi. “Hamshiralik ishi” bo‘limi 14-guruh o‘quvchisi Yelena Ivanova “Siz Ozarbayjon haqida nimalarni bilasiz?” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovining shahar bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Ozarbayjon Respublikasiga 2 haftalik sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Kollejdagi “Nafosat” klubi a‘zosi Moxiniso Yusufjonovaning “Dilimdagi gavharim” nomli she‘riy to‘plami kitob sifatida chop etildi. Fayoza Abdullayeva “Yangi avlod”, “Kelajak ovozi” “Zulfiyaxonim qizlari” tanlovlarida munosib qatnashib, diplomlar olishga erishdim.

Ular bilan safdoshligim meni hamisha ruhlantiradi. O‘quv muassasamizda bu yilgi “Zulfiyaxonim qizlari” bellashuvda g‘oliblik nasib qildi va tuman bosqichida qatnashishga muyassar bo‘ldim. Bellashuvlar ruhiyatimizni yukasaltiradi, bilimimizni oshiradi. Dunyoqarashimizni kengaytiradi.

Dilbar Basharova

Яна ўқинг:  Bilim va hunar egallagan yoshlar kelajak poydevorini mustahkam bunyod etadi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: