Sport xabarlari (2014/42)

FUTBOL. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Myanmada o‘n to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining guruh bahslarini mag‘lubiyatsiz yakunladi.

Yosh futbolchilarimiz “V” guruhidagi BAA terma jamoasi bilan uchrashuvda 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Terma jamoamiz gollariga Eldor Shomurodov va Zabihullo O‘rinboyev mualliflik qildi. Guruh bahslarining so‘nggi o‘yinida avstraliyalik tengdoshlari bilan 1:1 hisobida durrang natija qayd etgan Ravshan Haydarov shogirdlari 5 ochko jamg‘arib chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Futbolchilarimizning chorak finaldagi raqiblari Tailand terma jamoasi bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz chorak final bahslari 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ushbu bosqichda g‘alaba qozongan jamoalar kelasi yili Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

SAMBO. Janubiy Koreyada o‘smirlar, yoshlar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari 5 kumush, 4 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘ttizdan ortiq davlatdan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan nufuzli musobaqada Shahzod Tagiyev, Shahboz Nurmatov, Fazliddin Xolmamatov, Jahonoy Turkmanova va Shahzoda Usmonova kumush, Boburxon Alovuddinov, Elyor Hojimamatov, Matluba Abdumutalova va Sojida Savriyeva bronza medal bilan taqdirlandi.

USHU. Poytaxtimizdagi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida yakunlangan mamlakat chempionatida 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Musobaqada Maqsud Bahodirov, Elbek Rahimov, Bekzod Ergashev, Bahrom Baxshullayev, Behruz Rasulov, Musajon Ikromov, Temurbek Masharipov, Muborak Kamolova, Mukarram G‘afurova singari iqtidorli sportchilar ko‘rgazmali chiqish bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Yakkama-yakka bahslarda Habibullo Muhammadjonov, Fayzullo Tursunov, Olloyor Shamshetov, Abdulaziz Matkarimov, Abdukarim Anvarov kabi sportchilar shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

BOKS. Andijonda o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda mamlakatimiz charm qo‘lqop ustalari bilan birga Rossiya va Qozog‘istondan kelgan jami 100 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Bokschilarimizdan A.Qo‘chqorov, J.Latipov, M.Mirzaxalilov, S.Turg‘unov, M.G‘oipov, A.Abduhakimov, R.Ismoilov, B.Jalolov, qozog‘istonlik A.Baltiyev, A.Quttibekov oltin medal sohibi bo‘ldi. Turnirda terma jamoamiz a’zolari 8 ta oltin, 5 ta kumush va 18 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Yana o‘qing:  ILM – KO‘PGA, HUNAR – KO‘KKA YeTKAZAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: